Tadbirkordan 60 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi
- 26.11.2019 11:44
- 239
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.Yu. ismli ayol, tadbirkor D. bilan bog‘liq videoyozuvlarni tarqatib, raqobatchi tadbirkorlar o‘rtasida obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitib, undan 60 000 AQSh dollari talab qilgan.
Shundan, 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.