Tadbirkorlarga yangi Soliq kodeksi haqida tushuncha berilmoqda

Joriy yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda yangi Soliq kodeksini hayotga to‘liq tatbiq etish masalasi muhokama qilindi.
Hujjatda ko‘zda tutilgan qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha shahar hamda tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boshqa targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
Samarqand viloyatida ham targ‘ibot guruhlari tuzilib, targ‘ibot tadbirlari boshlandi. Viloyat va tuman davlat soliq idoralari rahbarlari bevosita tadbirkorlik sub’yektlariga borib, tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Shodiyor Ahmedov Toyloq tumanida faoliyat yuritayotgan “Shavkat Siyob orzu” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonasi hamda “Pet Agro Oil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.