Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkorlarning asosiy xatolari nimada?

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida xalqaro toifadagi biznes konsultant, tadbirkor Murat A’zamov ishtirokida "Tadbirkorlarning asosiy xatolari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida yosh ishbilarmonlar hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar ’’Tadbirkor o‘zi kim?’’, ’’Tadbirkor bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?’’, ’’Biznes uchun to‘g‘ri sohani qanday tanlash mumkin?’’, ’’To‘g‘ri biznes-rejani qanday tuzish kerak?’’, ’’Raqobatchilarni qanday tahlil qilish kerak?’’, ’’Qanday qilib biznes sherikni tanlash kerak?’’, ’’Reklama uchun qancha pul sarflanishi kerak?’’ va boshqa shu kabi kabi savollarga javob oldi.

Shuningdek, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar,  imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.

- Samarqandda tadbirkor bo‘lishga qiziquvchi yoshlar ko‘p, - deydi M.A’zamov. - Ammo bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun birgina qiziqishning o‘zi kamlik qiladi. Asosiysi, chuqur bilim, qolaversa, puxta biznes-reja zarur. Ilmsizlik va xom reja tadbirkorning xatosi hisoblanadi.

G‘ofirjon BOBOBEKOV.