Tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlari bor

Qarorga ko‘ra:

-  qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi;

-  yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etiladi;

-  yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’yekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli;

-  ushbu qarorning 6-bandiga muvofiq birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi;

-  yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk ko‘taruvchi avtomobil transportida yuklarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qat’iy belgilangan soliq to‘laydi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi