Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi 

Tailandga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar ro‘yxati 57 tadan 93 taga ko‘paymoqda. Xususan, O‘zbekiston fuqarolari endi Tailandda 30 kun emas, balki 60 kun qolishlari mumkin.

Avvalgi tartibda mamlakatimiz fuqarolari Tailandga yetib borgandan so‘ng 30 kun qolish sharti bilan viza olishlari kerak edi.

Shuningdek, Qozog‘iston fuqarolari uchun ham vizasiz rejim muddati 60 kunga uzaytirilgan.