Nega bir soatda 100 emas, 60 daqiqa bor?

Axir 1 metr 100 santimetrdan iborat-ku.

Bu juda oddiy savolga o‘xshaydi, lekin ularga yetarlicha e’tibor bermasligimiz yoki juda oddiy bo‘lishi tufayli bu savolga qanday javob berishni bilmaymiz.

Qiziq, kim bir daqiqaga 60 soniyani va bir soatga 60 daqiqani “tiqib” qo‘ygan? Nega qulaylik uchun 100 emas? Kundagi 24 soat ham na u yoqlik-na bu yoqlik - o‘zgacha “qulay” raqam bo‘lib chiqdi.

Hamma gap ikki qadimiy buyuk sivilizatsiya - Misr va Mesopotamiyaning bizga qoldirgan merosida. Misrliklar o‘z hisob-kitoblarini biz kabi 10 raqamiga emas, balki 12 raqamiga asoslanib amalga oshirgan.
Turli xil sanoq sistemalarining kelib chiqishi aynan turli xalqlar hisoblay boshlagan va asos qilib olgan narsalardan kelib chiqqan. Kimdir ikki qo‘lda barmoqlarni sanab, o‘nlik sanoq sistemasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, boshqalari bosh barmog‘idan tashqari to‘rtta barmoqdagi suyaklar sonini asos qilib olib, 12 raqamini keltirib chiqardi.

Shu tarzda ular vaqt oralig‘ini o‘n ikkilik tizim bo‘ylab intervallarga bo‘lgan. Fir’avnlar xalqi  o‘zlarining diniy g‘oyalariga asoslanib, kecha va kunduzni ikki xil borliq deb bilishgan. O‘shanda hali sutka tushunchasi yo‘q bo‘lganligi sababli kun ham, tun ham 12 qismga bo‘lingan.
Mohir matematiklar sifatida tanilgan vavilonliklarning hisobi esa 12 ga emas, balki 60 ga asoslangan edi. Mesopotamiyaning buyuk davlatlarida saqlanib qolingan  oltmishlik tizimi qadimgi yunonliklar uchun juda qo‘l keldi. Antik davr olimlari 60 raqamiga asoslangan geografik koordinatalar tizimini yaratdi. Doira 360 darajaga, har bir daraja esa 60 ta “birinchi mayda qismlarga” (partes minutae primae), har bir "birinchi mayda qism" boshqa 60 ta "ikkinchi mayda qismlarga” (partes minutae secundae) bo‘lingan.

Demak, “daqiqa” so‘zi lotincha “mayda” so‘zidan, “soniya” so‘zi esa lotincha “ikkinchi” so‘zidan kelib chiqqan ekan. Asrlar davomida eng kichik vaqt birligi bir soat bo‘lib qoldi. Faqat soatlar paydo bo‘lishi bilan, vaqtning bosqichdan bosqichga o‘tishdagi kichik izchilligini o‘lchash mumkin bo‘ldi, daqiqalar va soniyalar geografiya va geometriyadan olindi.

Soat siferblatidagi 5 daqiqaga teng vaqt oralig‘i 12 ta raqamning qarama-qarshiligida joylashgan va tegishlicha bir soatda 60 daqiqa bor. Har bir daqiqada xuddi shu sababga ko‘ra 100 soniya emas, balki 60 soniya bor. Bu vaqt ritmi bevosita Olam va 12 raqami bilan bog‘liqligining dalolatidir.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.