Maktablardagi 40 ming nafar qorovul Milliy gvardiya safiga o‘tkaziladi

Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati majlisida aytib o‘tildi.

Yalpi majlisda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Unga ko‘ra Milliy gvardiya organlari, shu jumladan uning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 4-moddasi bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rish vakolati berilmoqda:

- bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish borasida majburiyatlarini bajarmaslik (47-modda);
- jamoat joylarida sigaret chekish (56-1-modda)
- jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish (187-modda 1-qismi);
- voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (188-modda) nazarda tutilgan ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash vakolati berilmoqda.