Tajribali sudyaga “Faxriy sudya” ko‘krak nishoni berildi

Respublika sudyalar oliy kengashi tomonidan sud tizimida uzoq yillar davomida ishlagan faxriylar, faoliyat yuritayotgan sudyalar va sud xodimlari ishtirokida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda barcha viloyat sudlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi. Tadbirda Respublika sudyalar Oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov uch avlod uchrashuvining ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Yurtimizda faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida gapirib, bugungi kunda sudyalarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar borasida to‘xtaldi.
Bayram arafasida bir guruh faxriylarimiz “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Tadbirda ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida samarqandlik Mahmud Eshonqulov ham bor. Samarqand viloyat sudi studiyasida viloyat sudi raisi O.Hayitov Mahmud Eshonqulovga “Sud faxriysi” ko‘krak nishonini tantanali ravishda taqdim etdi.
O‘z navbatida M.Eshonqulov e’tibor uchun Respublika sudyalar oliy kengashiga cheksiz minnatdorchilik bildirdi. Sudyalar va yosh huquqshunoslarga maslahatlarini berdi.