Takliflarimiz amalga oshishi uchun ham ovoz berdik

Samarqand shahridagi Universitet xiyobonida tashkil etilgan 70-referendum uchastkasi hali ovoz berish jarayonlari boshlanmasidanoq tevarak-atrofdagi mahallalar fuqarolari va talabalar bilan gavjum bo‘ldi.

- Hududda o‘n mingga yaqin talaba istiqomat qiladi, - deydi Alisher Navoiy mahallasi yoshlari yetakchisi Farangiz Xudoyorova. - Uch oy avval Konstitutsiyaviy loyiha muhokama qilinganda ularning bergan fikr va takliflari inobatga olindi. Bugungi referendumda shularni amalga oshishi uchun ham ovoz berishyapti.

- Bunday siyosiy jarayonda ilk marta ishtirok etib, ovoz beryapman, - deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Malika Hazratqulova. – Ayniqsa, yangilangan Konstitutsiyada yoshlar va xotin-qizlar huquqlariga oid muhim o‘zgarishlar qilinayotgani meni befarq qoldirmadi.