Talaba yigit bilan telegram messenjerida tanishgan "qiz" aslida tovlamachi yigit bo‘lib chiqdi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi, talaba F.B. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida o‘zini "Tojiboyeva Rayxon" deb tanishtirgan noma’lum shaxsga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlarini ishonib, unga messenjer orqali yuborganligini, noma’lum shaxs fotosuratlarni olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslik uchun 900.000 so‘m pul talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida o‘zini "Tojiboyeva Rayxon" deb tanishtirgan noma’lum shaxs Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi 1999 y.t., J.Sh. ekanligi aniqlangan.
J.Sh.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda IIV kiberxavfsizlik markazi.