Talabalar ligasi: Samarqandda talabalar shaxmat, badminton, stol tennisi bo‘yicha kuch sinashyapti

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi.

Bu yil Samarqandda oliy ta’lim muassasalari talabalari sportning shaxmat, badminton, stol tennisi turlari bo‘yicha kuch sinashyapti. 

Turnir uchun mas’ul oliy ta’lim muassasa — O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, unda yurtimizning barcha hududidan kelgan 60 nafar iqtidorli talaba ishtirok etmoqda. Shuningdek, "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida o‘tkazilayotgan badminton musobaqasida 120 nafar talaba g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Shu bilan birga, Samarqand davlat universitetining sport zalida stol tennisi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarda ham 120 nafar talaba ishtirok etmoqda.

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarishu yilning 14 may kuniga qadar davom etadi.