Ta’limda son emas, sifat muhim

Samarqand shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bugun 1620 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Ularga ta’lim va tarbiya berayotgan 120 nafar o‘qituvchi o‘z ustida doimiy ishlab, darslarga turli interaktiv usullarni tadbiq etyapti.

Maktab direktori V.Chaqqonov doim — “Ta’limda son emas, sifat muhim”, deydi va pedagoglardan vazifasiga vijdonan yondashishni talab qiladi.