Tarixiy tasodiflar

Har birimiz hayotimizda hech bo‘lmaganda bir marta tasodifga uchraganmiz. Bu bir vaqtning o‘zida ikki kishi tomonidan aytilgan bir xil ibora yoki biron kishini shunchaki eslab, u bilan bo‘lgan uchrashuv yoki hayotimiz davomida qayta-qayta uchrab turadigan sehrli sana va raqamlar. Biroq tarix ko‘plab ajoyib voqealarni biladiki, buni boshqa bir dunyo kuchlarining aralashuvidan boshqa narsa emas, deb izohlash mumkin hamda ularning haqiqat ekanligiga ham ishonish qiyin. Albatta, bu tasodif ekanligini har kim o‘zi uchun qaror qiladi. Bugun e’tiboringizga havola etiladigan bu voqealar haqiqatan sodir bo‘lgan va ko‘p hollarda bu faktlar hujjatlashtirilgan.

Edgar Po o‘z asarida ko‘p yillardan keyin sodir bo‘ladigan voqeani tasvirlagan

Может, действительно Эдгар По путешествовал на машине времени?

Ba’zi tarixchilar Edgar Allan Poni vaqt mashinasida sayohat qilgan yoki hech bo‘lmaganda, kelajakni ko‘ra olish qobiliyatiga ega yozuvchilardan deb hisoblashadi. Buning uchun ularda jiddiy sabab bor.

“Artur Gorodon Pimning sarguzashtlari qissasi” kitobida yozuvchi kemasi qulashi natijasida tirik qolgan, yeguliklari tugagandan so‘ng ulardan birini yeyishga qaror qilingan 4 dengizchi haqida hikoya qilgan. Bu baxtsiz Richard Parker ismli yunga (kichik matros) bo‘lib chiqdi. Edgar Poning ta’kidlashicha, asarda tasvirlangan voqealar haqiqatda ro‘y bergan. Faqat u bu voqea kelajakda bo‘lib o‘tishini ko‘rsatishni unutgan.

Deyarli yarim asr o‘tib, bir kema halokatga uchradi va yana 4 kishi omon qolib, uch jamoa a’zolari bir kishini yeyishga majbur bo‘ldi. Tanlov kimga tushganligini tushungandirsiz, ha-ha aynan yunga Richard Parker omadsiz bo‘lib chiqdi. Aytgancha, so‘roq paytida dengizchilar yuqorida aytib o‘tilgan kitobni hech qachon o‘qimaganliklarini aytishdi.

Avraam Linkoln va Jon Kennedi taqdirini bog‘lagan 100 raqami yoki 100 yillik farq ikki prezidentning taqdirini sehrli ravishda bog‘ladi

1860 yilda Avraam Linkoln Amerika Qo‘shma Shtatlarining Prezidenti bo‘ldi va roppa-rosa bir asr o‘tgach, Jon Kennedi shu lavozimni egalladi. Bundan tashqari, ikkala Prezidentning o‘lim holatlari ham juda o‘xshash: ular ikkovi ham juma kuni boshiga o‘q otib o‘ldirilgan.

Linkolnning vorisi Endryu Jonson 1808 yilda Kennedidan so‘ng uning kursisini egallagan Lindon Jonson 1908 yilda tug‘ilgan. Bu ham hammasi emas. Avraamni o‘ldirgan odam 1829 yilda, Jonni o‘ldirgani esa undan roppa-rosa yuz yil o‘tib 1929 yilda dunyoga kelgan.

Yana bir holat: Linkoln kotibining familiyasi Kennedi bo‘lgan, Kennedining yordamchisi esa Linkoln.

Napoleon va Gitlerni bog‘lag‘an 129 yil. Ikki istilochining bog‘laydigan hayratlanarli dalillar 129 yil o‘tib sodir bo‘lgan

Важные схожие события в жизни Наполеона случились с разницей в 129 лет

Napoleon Bonapart 1760 yilda tug‘ilgan. 129 yil o‘tib, 1889 yilda Adolf Gitler dunyoga kelgan. Ikkalasi bir xil vaqt farqi bilan hokimiyat boshiga kelgan. Fransiya imperatori 1809 yilda, uning nemis “hamkasbi” 1938 yilda Avstriya poytaxtini zabt etdi. O‘ylaymizki, ushbu hodisalar o‘rtasidagi qancha vaqt o‘tganini hisoblab chiqdingiz...

Bundan tashqari, diktatorlar Rossiyani 129 yil farq bilan bo‘ysundirib olishga qaror qildilar: Napoleon 1812 yilda, Gitler 1941 yilda hujum boshladi. Orada yana 129 yil.

Bolaligida ajratilgan, taqdiri bir xil bo‘lgan egizaklar

Встретившись спустя много лет, братья обнаружили, что их судьбы практически одинаковы

Oradan bir necha yil o‘tib, birodarlar taqdiri bir xil hayot yo‘lini bosib o‘tganligi aniqlandi.

Ogayo shahridagi egizaklar go‘dakligida ajratilgan va ular bir-birlarini borligini bilmasdan ulg‘aygan. Lekin aka-ukalar uchrashganda, ikkalasining ham ismi Jeyson ekanligi, ular ikkovi ham politsiya xodimi bo‘lib ishlaganlari va birinchi xotinlarining ismi Linda ekanligi aniqlandi.

Ammo tasodiflar shu bilan tugamadi. Ularning ikkalasining Djeyms ismli o‘g‘li, ikkinchi xotini Betti va Toyi ismli iti bo‘lgan.

Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.