Tarixning dahshatli hodisalari: Aybdorlar «tanqidiy tarbiyalash»ga berildi

2015 yil 12 avgustda XXR tarixida eng yirik texnogen fojia ro‘y berdi. Xitoyning shimolidagi Tenszin shahrida «Juyxay» kompaniyasiga qarashli xavfli kimyoviy moddalar saqlanadigan omborda yong‘in chiqdi. Bir necha daqiqada o‘t o‘chiruvchilarninng yetib kelishiga qaramay, 40 daqiqadan so‘ng dahshatli portlash yuz berdi. 3 ming tonna quvvatga teng portlash bir zumda uy-joylarni, omborlarni, 173 odamni yer bilan yakson qildi.
Ro‘y bergan falokatda 123 kishi javobgar deb topildi. Ammo Xitoy kompartiyasi komissiyasi insonparvarlik ko‘rsatdi: 74 kishi partiyaviy intizom jazosi bilan qutulib qoldi, qolganlarga esa «tanqidiy tarbiyalash hamda tushuntirish ishlari» olib borishga ko‘rsatma berildi.
«Mir novostey»ning 2020 yil, 35-soni asosida T.MUROD tayyorladi.