Tashkent City’da tom qulashi haqidagi xabarga oydinlik kiritildi
2019 yilning 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Tashkent City Kongress-markazi tomi qulashi haqida xabar tarqatilgan edi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tom qismi butun holatda ekanligi aniqlandi.
Hozirda yolg‘on xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, Tashkent City Kongress-markazi hudud seysmik jihatlari inobatga olingan holda zilzilabardoshligi 9 ballgacha etib qurilgan.