Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar yuzasidan bayonot berdi
- 08.01.2020 22:15
- 403
- Dolzarb
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar yuzasidan bayonot berdi.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutash Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar alohida tashvish bilan qarshi olinmoqda.
Harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlashishi ko‘plab insonlar qurbon bo‘lishiga va keng ko‘lamli gumanitar falokatga olib kelishi mumkin. Hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiya yo‘llarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazadi.
O‘zbekiston tomoni o‘ta bosiqlik tarafdori bo‘lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo‘’tadillashtirish uchun qarama-qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko‘rishga chaqiradi.
Teglar:
Tashqi ishlar vazirligi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- 1 soat avval
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Bugun, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Bugun, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Bugun, 16:30
- Dolzarb