Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2024 yil uchun Rossiyadagi patent narxlarini e’lon qildi
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi hududida chet davlat, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patentning oylik to‘lovi 2024 yil 1 yanvardan boshlab o‘zgargan.
Masalan, patent uchun to‘lov eng yuqori hudud Yakutiya (12957 rubl), eng past Checheniston (2880 rubl) hisoblanadi.
Xususan, joriy yilda Rossiyaning yirik shaharlari bo‘lgan Moskvada 7500 rubl, Sankt-Peterburgda 4600 rubl, Novosibirskda 6386 rubl, Yekaterinburgda 6650 rubl, Qozonda 5892 rublni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, mehnat migrantlari tomonidan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa yoki to‘lov miqdori belgilangan summadan kam bo‘lsa, patent o‘z kuchini yo‘qotadi va ish beruvchi bunday xodimga ishlashga ruxsat bergani uchun jarimaga tortiladi.