Ta’til vaqtida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
- 03.08.2023 16:57
- 300
- Ta’lim
Ijtimoiy tarmoqlarda "Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabi rahbari o‘qituvchilarni ta’til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilmoqda" mazmunidagi murojaat e’lon qilindi.
Mazkur holat Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
O‘qituvchilar bilan tashkil etilgan suhbat jarayonida ayrim o‘qituvchilar o‘z tashabbuslariga ko‘ra, maktab ta’mirida ishtirok etganligini, ayrimlari maktab direktori tomonidan mehnatga jalb etilganligini aytishgan.
O‘rganishlar davomida maktabda boshqa kamchiliklar ham aniqlangan. Ushbu holatlarni inobatga olib, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnoma bekor qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa