Tbilisi Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini olganini nishonlamoqda

O‘n minglab odamlar Tbilisi ko‘chalariga chiqishdi va Yevropa Ittifoqining mamlakatga Ittifoq a’zoligiga nomzod maqomini berish haqidagi tarixiy qarorini nishonlashdi.

2022 yilning 3 martida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan bir hafta o‘tib, Gruziya Moldova bilan birga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza berdi. 28 fevral kuni Kiyev ham xuddi shunday so‘rov yuborgan.

Iyun oyida Yevropa Ittifoqi yetakchilari Moldova va Ukrainaga nomzod maqomini berdi, biroq Gruziyani rad etdi.

Keyin Yevropa Kengashi alyans mamlakatlari rahbarlari Gruziyaning Yevropa istiqbolini tan olishga va 12 ta “ustuvorlik”ni bajargandan so‘ng darhol unga nomzod maqomini berishga qaror qilganini e’lon qildi.