Tegishli hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi
⚠️ Xizmat: Ob’yektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelarini joylashtirish uchun ruxsatnomalar berish.
🙎♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar
🔄 Xizmatni ko‘rsatish tartibi:
- Ariza beruvchilar ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
- So‘rovnoma to‘ldirilib, Qurilish vazirligi (vakolatli organ)ga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallariga yuboriladi.
- Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqib, ob’yekt maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya bilan va rekonstruksiyasiz o‘zgarishi, ya’ni xonalar (binolar)ni uning loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan faoliyat uchun moslashtirish bo‘yicha tegishli xulosani tayyorlagan holda, ruxsatnoma shakllantiradi.
🗓 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
5 ish kuni ichida
☑️ Tegishli hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
🚫 Shuningdek, bir qator faoliyat turlari uchun turar-joy zonalarida joylashgan ob’yektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
🔰 Xizmat narxi:
➖ BHMning 30 foizi miqdorida – 81 000 so‘m;
➖ Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 72 900 so‘m.
📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori.
Bu haqda Huquqiy axborot ma’lum qildi.