Maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan haydovchi 4 yoshli qizchaning umriga zomin bo‘ldi

Kecha soat 07:30 larda Zomin tumani, Navbahor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Zomin-Turkman” 4R-34 yo‘lining 49-kilometrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-ulov hodisasi sodir etildi.

Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.N. “VAZ-21063” rusumli avtoulovini Turkman yo‘nalishida boshqarib ketayotganida shu mahallada yashovchi, 2016 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qiz S.U.ni urib yuborgan.

Qiz tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida o‘ziga kelmasdan hayotdan ko‘z yumdi.

Ma’lumot o‘rnida, haydovchi otasining nomidagi avtomashinani karantin qoidalariga zid ravishda, maxsus ruxsatnomasiz boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.