“Temir daftar”dagi oilalarga 27 million so‘mlik vositalar berildi
- 23.11.2021 22:38
- 105
- Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ushbu toifadagi aholi qatlami bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish vazifasi belgilab berilgan.
Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Payariq tumanidagi mahallalarda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning istak va talablaridan kelib chiqib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Payariq tumani bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 27 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ushbu mablag‘ hisobidan 30 ta oila vakillariga tikuv mashinasi, pishiriq tayyorlash pechi hamda payvandlash uskunasi olib berildi. Shu orqali ularning daromad topib, ro‘zg‘or tebratishiga imkoniyat yaratildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunga qadar Payariq tumanida 3694 ta oila “Temir daftar”ga kiritilgan. Hozirgacha ularning 3589 tasigay yordam berilib, ro‘yxatdan chiqarilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa