Temir panjara orasiga qisilib qolgan qizchaga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 30 iyun kuni soat 21.35 da Surxondaryo viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga, fuqaro O‘.J. tomonidan, Termiz shahar O‘zbegim to‘yxonasi oldida qizining oyog‘i ariq ustiga yotqizilgan temir panjara orasiga tushib qisilib qolganligi va uni chiqarib olish bo‘yicha murojaati kelib tushdi.
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi komandiri leytenant A.Utibayev boshchiligidagi navbatchi guruhi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizcha ariqdan o‘tayotganda oyog‘i to‘satdan panjara orasiga tushib qolgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida qilingan sa’y-harakatlar natijasida qizchaning oyog‘i hech qanday tan jarohatlarsiz temir panjara orasidan chiqarib olindi va ota-onasiga topshirildi.