Temiryo‘l vokzali-Siyob bozor yo‘nalishida tramvay harakati yo‘lga qo‘yildimi?
Zarnews’ga mazkur yo‘nalishda ham tramvay harakatlana boshlaganligi haqida xabar keldi. Biz mas’ullar bilan bog‘lanib, bu to‘g‘rida surishtirdik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha mazkur yo‘nalishda ikkita tramvay tajriba-sinov uchun harakatlanmoqda ekan. Bir vaqtning o‘zida yo‘lsozlar tomonidan tramvay “izi”da aniqlangan kamchiliklar to‘ldirib borilmoqda. Tramvay liniyasi faoliyati yo‘ldagi muammolar bartaraf etilib, foydalanishga topshirilgachgina to‘liq yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.
- Bugun birinchi marta bozorga tramvayda bordim, - deydi Malohat Ashurova. - Ilgari bozor-o‘char uchun yo‘nalishli avtobuslarda kelardik. Bunisining qulayligi juda ko‘p ekan. Yo‘nalishdagi tramvaylar soni ko‘paytirilsa yanada yaxshi bo‘lardi.
O‘ylaymizki, yo‘lsozlar yo‘lovchilarni ko‘p kuttirishmaydi.
Asqar Barotov.