Terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1 400 so‘m to‘lanadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, paxta mavsumida yaxshi teradigan terimchilar kuniga 100-120 ming so‘m atrofida daromad olishlari mumkin.

- Paxta teruvchilar ikki xil bo‘ladi. Birinchisi o‘z manzilida paxta teradiganlar, ikkinchisi esa boshqa hududlardan kelib terimga yordamlashadiganlar. Barcha terimchilar uchun mehnat sharoitlari tashkillashtiriladi.

Terimga, avvalambor, ishsizlar: yoshlar, xotin-qizlar, xohish bildirsa, keksalarni ham jalb qilamiz, - dedi Bahodir Umrzoqov.