Test sinovlarining to‘qqizinchi kuni Samarqandda 4 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi
- 17.08.2022 11:34
- 91
- Ta’lim

Avval xabar berganimizdek, ayni kunda viloyatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun beshta ochiq maydonda test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, 16 avgust kuni birinchi navbatda qatnashishi kerak bo‘lgan 5460 nafar abituriyentdan 4976 nafari test sinovlarida ishtirok etgan. Ammo 484 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan.
Ikkinchi navbatda abituriyentlarning 5171 nafari test sinovlariga kelgan bo‘lsa, 289 nafari turli sabablarga ko‘ra qatnashmagan.
Birinchi navbatda uch nafar, ikkinchi navbatda bir nafar abituriyent o‘ringa o‘rin kirishga uringani tufayli test sinovlaridan chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz: Bugun Samarqandda test sinovlarining oxirgi kuni.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
«Hamma narsa ham ko‘ringani kabi emas!»
- Kecha, 20:46
- Mutolaa
Jonsiz o‘rmon siri
- Kecha, 19:38
- O'qing, qiziq!
Ayol jinoyat sodir etdi. Nega?
- Kecha, 17:36
- Jinoyat va jazo