Tez kunlarda “Amir Bahodir Yalangto‘sh” murakkab postanovkali tarixiy badiiy filmi taqdim etiladi

Kinematografiya agentligi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan yirik loyihalardan biri -  “Amir Bahodir Yalangto‘sh” murakkab postanovkali tarixiy badiiy filmini suratga olish ishlari yakunlandi.

Ayni vaqtda montaj, grafika, rang ustida ishlar jadal olib borilmoqda. Film to‘liq kinopavilon sharoitida suratga olingan ilk o‘zbek filmidir.

Film hozirda rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilayotgan virtual prodakshn texnologiyasi asosida suratga olingan.