Tezyurar poyezdiga olingan chipta puli qaytarildi
Samarqand viloyat hokimining Telegramm messenjeriga shaharning Bekzod ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.Shamsiyeva murojaat qilgan. Unda keltirilishicha, M.Shamsiyeva Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi “Sharq” tezyurar poyezdiga 3 dona temiryo‘l chiptasini xarid qilgan. Poyezd reysi noma’lum sabablarga qoldirilgan va bu haqda yo‘lovchilar ogohlantirilmagan. Fuqaro chipta uchun to‘langan 321 000 (uch yuz yigirma bir ming) so‘mni qaytarib olishga ko‘mak berishni so‘ragan.
Mutasaddilar tomonidan Samarqand temiryo‘l vokzali mutaxassisi va arizachi ishtirokida vaziyat o‘rganildi. Natijada, vokzal ma’muriyati xatosi tufayli foydalanilmagan chiptalar puli, ya’ni 321 000 so‘m M.Shamsiyevaga qaytarildi.
Gulchehra Berdiyorova.