Samarqand temiryo‘l vokzali kassalari tirband. Vodiy viloyatlariga ketmoqchi bo‘lgan talabalar sarson

- Andijonga ketishim kerak, - deydi Madinabonu Ibrohimova. - 21 martgacha poyezd bo‘lmasligini aytyapti. Ertalab 9:00 atrofida kelgandim. Qo‘shimcha reyslar qo‘yilishi haqida ma’lumot ololmayapmiz. Faqat qo‘shimcha vagon qo‘shishi haqida mish-mishlarga ishonyapmiz.

Bu masalaga oydinlik kiritish uchun Samarqand temir yo‘l shohbekati boshlig‘i S.Dadayevga uchrashganimizda tahririyat rahbariyati rasmiy xat bilan chiqmasa, hech qanday ma’lumot berilmasligini, ’’yuqori’’dan gap eshitib qolishini aytdi.

Temiryo‘l vokzali ma’lumotlari nega sir tutilmoqda?