Mustaqillik bayramiga temir yo‘l chiptalariga chegirmalar e’lon qilindi
O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligini nishonlash munosabati bilan temir yo‘l kompaniyasi yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etadi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 31 avgust – 3 sentyabr kunlaridagi barcha mahalliy yo‘nalishlarga chegirmalar taqdim etmoqda.
Bayram chegirmalari quyidagicha:
– nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan yo‘lovchilarga – 50%;
– oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari – 15%;
– oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;
– kollektiv (hamkasblarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) – 15%;
– «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga - 10%.