Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G‘.M. fuqarolar K.E. va G.B.ni Urgut hamda Paxtachi tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.