Tilni kompyuter o‘rgatadi

Bugun yurtimizda ta’limning barcha bosqichlarida o‘quvchi va talabalarga chet tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirigan yoshlarga imtiyozlar berilayotgani, qo‘shimcha rag‘batlantirilayotgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Ta’lim jarayonida chet tilini o‘qitishda asosan to‘rt aspekt(o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)dan foydalanilmoqda. Bunda shubhasiz, zamonaviy axborot texnologiyalar asosiy vosita hisoblanadi. Bular chet tilini o‘rganishning har bir aspektida qo‘l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, pleyer, CD disklar zarur. Bunda o‘quvchi bir paytning o‘zida so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so‘z boyligiga e’tibor qiladi.

Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.

Yana bir vosita – internet. Internet orqali chet tilida so‘zlashuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. E-mail vositasida xat yozishish savodxonlikni oshiradi.

Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, ulardan maqsadli va to‘g‘ri foydalanish o‘quvchida chet tiliga qiziqishni, o‘qitish samaradorligini oshiradi. Bu orqali ta’limning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug‘iladi va talab ortadi.

Shuningdek, chet tili darslarini o‘qitishda turli rolli, harakatli o‘yinlardan foydalanish ham o‘quvchilarda darsga, til o‘rganishga qiziqishni oshirishga yordam beradi.

Navro‘za O‘RINOVA,

Urgut tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi.