Tinchlik uchun Nobel mukofoti ayollar huquqlari himoyasi uchun berildi
- 06.10.2023 17:35
- 48
- Xorij
2023 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti eronlik huquq himoyachisi Narges Moxammadiga topshirildi. Bu haqda Norvegiya Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mukofot unga "Ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurash", shuningdek, "Inson huquqlari va erkinligini ta’minlash uchun kurashi uchun" beriladi.
Nobel qo‘mitasi raisi Berit Reyss-Andersen laureatni tanishtirar ekan, “bu yilgi Tinchlik mukofoti ham o‘tgan yili Eronda ayollarga nisbatan kamsitish va zulmga qarshi chiqqan yuz minglab odamlarga beriladi” deya tushuntirdi. “Namoyishchilar qabul qilgan shior: “Ayol – hayot – erkinlik”. Bu Narges Muhammadiyning fidoyiligi va mehnatini mukammal aks ettiradi”, - dedi u.
Eron hukumati Narges Muhammadiyni 13 marta hibsga olgan va u besh marta aybdor deb topilib, jami 31 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Huquq himoyachisi hamon qamoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Janubiy Koreya: Endi prezidentdan ketishni talab qilishmoqda
- 35 daqiqa avval
- Xorij
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- Kecha, 19:50
- Iqtisodiyot
Bemorlik bilim olishga to‘sqinlik qilolmaydi
- Kecha, 17:53
- Ta’lim