TIV Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni qabul qilishni boshladi
Respublikada epidemiologik holat barqarorlashgani va karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani hamda aholiga uzluksiz konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 2020 yil 18 maydan boshlab O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan sanitar-gigiyenik norma talablariga rioya qilgan holda fuqarolar qabuli tiklandi. Bu haqda TIV ma’lum qildi.
Qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yo‘laklari pirometr va antiseptik vositalari bilan ta’minlangan. Fuqarolar qabuli ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan va shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob, bir martalik qo‘lqop va antiseptik vositalar) foydalangan holda yo‘lga qo‘yiladi.
Qabul vaqtlari: 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.