Tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi
“Uzgidromet” xabariga ko‘ra, 10-11 iyun kunlari respublika hududining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor.
Xabarda Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlarining qator tumanlarida sel xavfi borligi sanab o‘tilgan.
“O‘zgidromet” tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni so‘ragan.