Tojikiston sharqida ro‘y bergan qor ko‘chkisi oqibatida 10 ta uy vayron bo‘ldi
Tojikiston sharqidagi Sangvor tumanida ro‘y bergan qor ko‘chkisi oqibatida o‘nta uy vayron bo‘ldi, deb xabar bermoqda Slujba Novostey Sentralnoy Azii. Mahalliy rasmiylarning xabar berishlaricha, chorva mollari, shuningdek, bog‘lar, asalari uyalari, tomorqa yerlari nobud bo‘lgan.
28 mart kuni tunda ko‘chgan qor ko‘chkisi Darai Hayron qishlog‘idagi yo‘llar va elektr tarmoqlarini buzib yuborgan. Qishloqda yashovchi Ali Safarov oilasini Xudo asraganini aytadi: ko‘chki faqat ularning molxonasini bosib qolgan. “Lekin biz 17 ta sigirni yo‘qotdik. Tog‘ qishlog‘ida yashovchi biz kabi odamlar uchun bu katta yo‘qotish. Biz tabiiy ofat oqibatida 100 dan ortiq qoramol nobud bo‘lganini hisoblab chiqdik”, - deydi Ali Safarov.
“Afsuski, mamlakat tumanlaridan birida ota-onalarning xavfsizlik qoidalariga rioya etishmagani va loqaydligi sababli yog‘ingarchiliklar tufayli kanallarning qishloqlar yaqinidagi qirg‘oq chiziqlari buzilishi hamda yuvilishi natijasida ikki yoshli qiz cho‘kib ketgan”, - deyiladi FVQ tomonidan tarqatilgan ma’lumotda.
Sel kelishi oqibatida Tojikiston janubi Xovaling tumani Shug‘nov qishloq yig‘inidagi Dashtirubob va Siyahfark qishloqlari o‘rtasidagi ko‘prik buzilib ketgan. Sel oqimi Xovalingdagi “Guli Murod” oltin qazib chiqarish korxonasiga ham zarar yetkazgan.
Tojikistonda tabiiy ofatlar xavflarini pasaytirish bo‘yicha Milliy strategiya ma’lumotlariga ko‘ra, 1997 yildan 2018 yilgacha 3,4 mingdan ziyod FV ro‘yxatga olingan. Ushbu davrdagi tabiiy ofatlar oqibatida ko‘rilgan zarar 589 mln. dollardan oshib ketgan.