Tojikistonga ketayotganda chegaradan mahsulotlarni qancha miqdorda olib o‘tish mumkin?

Jismoniy shaxslar 3 000 AQSh dollarigacha qiymatidagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib chiqishi mumkin. Shuningdek, ayrim turdagi tovarlar uchun olib chiqishning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:

  • guruch 3 kg,
  • non mahsulotlari 5 kg,
  • go‘sht va go‘sht mahsulotlari 2 kg,
  • shakar 2 kg,
  • o‘simlik yog‘i 2 kg,
  • yangi mevasabzavot va mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kg gacha,
  • Alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo 2 litrgacha,
  • barcha turdagi tamaki mahsulotlari 10 qutigacha,
  • atir va atirsimon suyuqliklar 3 donagacha,
  • qimmatbaho metal va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari 65 grammgacha.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 1 martidan 1 apreligacha “Jartepa” avtomobil o‘tkazish punkti orqali mamlakatimizga kirishda 18 ming nafardan, chiqishda 29 mingdan ortiq fuqarolar chegarani kesib o‘tishgan. Ushbu davr mobaynida jami 1 400 dan ortiq avtotransport vositalari harakatlangan.