Tokioda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga robotlar xizmat ko‘rsatishni boshladi
- 15.05.2020 19:30
- 83
- COVID-19
Bu haqda Tokioning loyihalar auditi bo‘limi boshlig‘i Masataka Sudzi RIA Novostiga so‘zlab berdi.
Sudzining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda koronavirus infeksiyasining yengil turi bilan kasallangan bemorlarni alohida joylashtirish uchun Tokio hukumati mehmonxonalarni ijaraga olgan va ayni vaqtda umumiy 2865 xonadan iborat mehmonxonalar fondi tashkil etilgan. Mehmonxona xarajatlari to‘liq ma’muriyat tomonidan to‘lanadi.
Masataka Sudzi shunday mehmonxonalarning ikkitasiga xodimlar xavfsizligini ta’minlash va bemorlar ruhiyatini ko‘tarish maqsadida robotlar xizmati jalb etilganligini ta’kidladi.
“Robotlardan biri bemorlarni kutib oladi, ular bilan muloqot qiladi va qayerga borishini tushuntiradi. Ikkinchisi, sun’iy idrokka ega. U o‘zi mustaqil xonalarni yig‘ishtiradi, chiqindilarni chiqaradi va dezinfeksiya ishlarini amalga oshiradi”, dedi Sudzi.