Tokioda so‘nggi kecha-kunduzda 293 nafar koronavirus yuqtirganlik holati qayd etildi

Ushbu ko‘rsatkich Yaponiya poytaxti uchun rekord natija hisoblanadi. Bu haqda 17 iyul kuni NHK telekanali xabar berdi.

16 iyul kuni 286 nafar yangi kasallanish holatlari aniqlangan edi. Tokioda keyingi ikki kundan beri yangilanayotgan rekorddan oldin so‘nggi marta 10 iyul kuni rekord – 243 nafar kasallanish holati qayd etilgan edi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni oshishi munosabati bilan shahar ma’muriyati xavf darajasini maksimal to‘rtinchi darajaga ko‘tardi. Biroq favqulodda holat e’lon qilinmagan.
17 iyul holatiga Yaponiyada jami 24 732 nafar koronavirus yuqtirganlar qayd etilgan, 998 nafar bemor vafot etgan va 19 473 nafar bemor sog‘aygan.