Tolibon Afg‘onistonda qazib olingan neftning birinchi savdosini e’lon qildi

Bu haqda «Tolibon» konchilik va neft vazirligi ma’lum qildi.

Seshanba kuni konchilik va neft vaziri vazifasini bajaruvchi Shahobiddin Delaver ishtirokida 20 ming tonna Qashqar nefti va 7 ming tonna Angut neftini sotish bo‘yicha tender bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi agentlik matbuot markazi. Qayd etilishicha, kim oshdi savdosi vazirlikning Kobuldagi binosida bo‘lib o‘tgan.

«Afg‘onistonda qazib olingan neft bo‘yicha birinchi savdoning guvohi bo‘layapmiz va arizachi kompaniyalar ham mamlakat ichida joylashgani, barcha xom ashyoni qayta ishlash Afg‘oniston ichida amalga oshirilishi bizni g‘ururga to‘ldiradi», degan vazir vazifasini bajaruvchi.

5 yanvar kuni Tolibon kon va neft vaziri va Xitoyning CAPEIC neft, gaz kompaniyasi vakili mamlakat shimolidagi neft konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

«Shartnoma bo‘yicha Xitoy kompaniyasiga berilgan konlarning maydoni 4,5 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, ular mamlakatning uchta viloyati: Sirpul, Jauzjon va Faryobda joylashgan», — deyiladi Baxtar davlat axborot agentligi xabarida.