Tolibon ayollarga nisbatan yangi cheklovlar joriy qilinganini rad etadi
- 11.01.2023 14:59
- 53
- Xorij
“Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy idorasi OAVning Afg‘onistonda ayollarga nisbatan yangi cheklovlar joriy etilgani, xususan, do‘konlarda ishlashi taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi, dedi jurnalistlarga siyosiy idora rahbari Suhel Shahin.
Avvalroq “Al-Arabiya” telekanali o‘z manbalariga tayanib, Afg‘onistonning Tolibon tomonidan shakllantirilgan hukumati mamlakatdagi ayollar go‘zallik salonlarini yopish uchun o‘n kunlik muddat belgilab, ayollarga savdo markazlarida ishlashni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.
“Bu ma’lumotlar asossiz, tegishli tuzilmalar bu bayonotni rad etadi”, — dedi Shahin.
Afg‘onistonda Tolibon hukumat tepasiga kelganidan so‘ng bu mamlakatda ayollar huquqlari sezilarli darajada cheklay boshladi, xususan, yaqinda ularga oliy o‘quv yurtlarida darslarga borish taqiqlangani ma’lum bo‘ldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa