Tolibonlar: Afg‘oniston bo‘yicha "Moskva formati"ning uchinchi uchrashuvi qanday natija berdi?
Rossiya poytaxtida Afg‘oniston bo‘yicha «Moskva formati»ning uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Uchrashuvda mintaqa vakillari va Afg‘oniston hukumati rahbari Abdul Salam Hanafiy boshchiligidagi Tolibon harakati delegatsiyasi ishtirok etdi. Forum ishida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashdi.
"Tolibon" harakati o‘tgan uchrashuvni juda yaxshi, do‘stona muhitda o‘tdi, deb hisoblaydi, dedi uchrashuvdan keyin Abdul Salam Hanafiy.
Uchrashuvda tolibonlar hukumatni qo‘lga kiritganidan keyingi Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat, shuningdek gumanitar ko‘mak va inklyuziv hukumat tuzilishi asosiy masalalar bo‘ldi.
Abdul Salam Hanafiy Afg‘onistonda allaqachon inklyuziv hukumat tuzilganini bildirdi.
"Afg‘oniston bilan yangi voqelikni – yangi hukumat - Tolibonlar harakatini hamjamiyat rasman tan olishidan qat’i nazar hisobga olgan holda keyingi o‘zaro amaliy bog‘lanish kerak», deyiladi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qabul qilish rejalashtirilgan qo‘shma bayonotda.
Eslatib o‘tamiz: Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuv «Moskva formati» 2017 yil aprel oyida tashkil etilgan. U Afg‘onistondagi vaziyatni hal bo‘lishiga qiziqish bildirgan 11 mamlakatni birlashtiradi. Rossiya, Afg‘oniston, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston. Rossiya Federatsiyasi an’anaviy ravishda AQShni ham «Moskva formati»ga taklif qilgan edi. Lekin Vashington barcha uchrashuvlarda qatnashmadi. «Moskva formati»dagi oxirgi uchrashuv 2018 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tdi.