«TOMChI» tashkil etgan tanlovda qatnashing, cuv tejalishiga hissa qo‘shing

Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan beg‘araz moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi» doirasida «TOMChI» mobil ilovasi matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida «Suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari» mavzusida tanlov o‘tkazadi.

Keng ommaning suvni tejaydigan texnologiyalar haqida xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda respublika va hududiy nashriyotlarda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari, jumladan:

  1. a) internet-jurnalistlar,

b) bosma nashriyotlarda ishlaydigan jurnalistlar,

v) elektron OAV jurnalistlari (radio va televideniye),

g) fotoreportyorlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun «TOMChI» mobil ilovasini yuklab olish (mobil ilovani bevosita App Store va Google Play orqali yoki QR kodidan foydalanib, yuklab olish mumkin), tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va identifikatsiya raqami (ID raqami) olish lozim.

Ishtirokchilar 2019 yilning 24 aprelidan 30 iyuliga qadar suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari haqidagi maqola yoki fotolavhalarini veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, xususan, hududiy gazetalar, radio va TV larda e’lon qilishlari mumkin.

E’lon qilingan maqolalarni (internet-jurnalistlar chop etilgan materialiga havolani, bosma nashrlar jurnalistlari materiallarining skanerlangan nusxasini, TV va radiojurnalistlar audio yoki video faylni yoxud   material  havolasini youtube.comga, fotojurnalistlar fotolarini JPEG formatida 300 dpi.dan kam bo‘lmagan xajmda) tomchi@nwrmp.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent shahri, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 15-uy, 100070 manziliga yuborish, materiallarni «TOMChI» mobil ilovasi doirasida chop etilayotganini ko‘rsatib o‘tish shart.

Tanlovda to‘rt yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

  • Internet jurnalistlari uchun 1, 2 va 3 o‘rin;
  • Bosma nashr jurnalistlari uchun 1, 2 va 3 o‘rin;
  • Radio i TV jurnalistlari uchun 1, 2 va 3 o‘rin;;
  • Fotojurnalistlar guruxi 1, 2 va 3 o‘rin.

Birinchi o‘rinni egallaganlar noutbuk, ikkinchi o‘rinni egallaganlar planshet,a uchinchi o‘rinni egallaganlar smartfon bilan taqdirlanadilar.

G‘oliblar 2019 yil 20 avgust kuni e’lon qilinadi.

Murojaat uchun manba: «TOMChI» mobil ilovasining «Tomchi tanlovi» bo‘limi.