Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tomorqalarga urug‘ yetkazish, ixcham issiqxona qurish, mahsulotlarni sotishga ko‘mak... Kattaqo‘rg‘onda viloyatdagi birinchi “Agro markaz” va "Agrolab" ishga tushdi

Markazda tomorqalarga urug‘lar yetkazib beradi, ixcham issiqxona qurib beradi, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llashga yordam beradi, agronom va veterinar maslahatlari beradi, tayyor mahsulotlari yetishtirish va sotishga ko‘maklashadi va tomorqada texnika xizmatini ko‘rsatadi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklariga o‘simliklar himoyasini ta’minlaydi va mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llashga ko‘maklashadi, mini texnikalar, hayvonlar uchun ozuqa yetkazib beradi, ko‘chma laboratoriya va veterinariya xizmatini ko‘rsatadi, qishloq xo‘jaligi sug‘urta xizmatlari ko‘rsatadi.

Marketing, sotib olish va qayta ishlash bo‘limida o‘simliklarni himoya qilish vositalari savdo do‘koni, vetpateka, bank va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatiladi.