To‘polonchi yo‘lovchi sabab Toshkentga samolyot favqulodda qo‘ndirildi
- 18.10.2019 13:17
- 385
- O‘zbekiston
Kecha tunda, soat 23:31 da “Nordwind airlines” aviakompaniyasining Moskvadan Puxuketga uchib ketayotgan “Boeing-777” samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndirildi. Bunga yo‘lovchilardan birining noo‘rin harakatlari sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, yo‘lovchining agressiv harakati parvoz xavfsizligiga ta’sir o‘tkazgan. Qoidabuzar reysdan tushirib qoldirilgan va samolyot qo‘shimcha yoqilg‘i quyib olganidan so‘ng parvozni davom ettirgan.
Bu Rossiya aviakompaniyasining Toshkent aeroportiga majburiy qo‘nish amalga oshirilgani bilan bog‘liq so‘nggi ikki kun davomidagi ikkinchi holat. "Aeroflot" aviakompaniyasining “Dehli-Moskva” reysini amalga oshirayotgan A-330 samolyoti Hindiston fuqarosining ahvoli yomonlashgani sababli Toshkentga qo‘ngandi.
Teglar:
samolyot