Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toptop – keng turdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun qulay platforma

*Reklama o‘rnida

Toptop – O‘zbekistonda keng turdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun qulay platformalardan biri. Loyiha 2016 yildan beri mavjud bo‘lib, ishga tushirilgandan beri odamlarga foydali xaridlarni amalga oshirishda yordam bermoqda. Xizmat orqali butun mamlakat bo‘ylab istalgan mahsulotni tez va qulay xarid qilish mumkin. Saytda har bir ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, bu esa xaridorga kerakli narsani tezda topish imkonini beradi. Hozirda bu turli yetkazib beruvchilarni o‘zida jamlagan katta portaldir.

Toptopda siz uyingiz, oilangiz va o‘zingiz uchun mahsulotlar - elektron va maishiy texnika, kanselyariya buyumlari, kitoblar, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat, uy hayvonlari uchun ozuqalar, kolaversa telefon narxlarini taqqoslashingiz mumkin. Mahsulotlarning keng tanlovi portalda ro‘yxatdan o‘tgan do‘konlarning ro‘yxati uzunligi bilan izohlanadi. Ular orasidan xaridor, albatta, o‘zi uchun eng yaxshi taklifni topadi. Yaqinda saytning dizayni yangilandi, foydalanish uchun yanada qulay sahifaga aylandi. Endi mahsulotlarni yanada qulay holda xarid qilish mumkin.

Qulaylik shundan iboratki, to‘satdan buzilib qolgan telefoningiz o‘rniga yangi smartfon sotib olish uchun do‘konlardagi narxlarni mustaqil ravishda solishtirishingiz shart emas. Albatta, uydan chiqib, texnik jihozlar bozoriga borishingiz mumkin. U yerda siz yangi jihozlarni tanlab, narxlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz, ammo buni Toptop  platformasi orqali qilish ancha oson va qulayroqdir. Sayt siz uchun hamma funksiyalarni bajaradi - mahsulotlarni tanlaydi va O‘zbekiston bozorlaridagi eng past narxni aniqlaydi, buning uchun shunchaki kerakli toifani tanlashingiz va takliflar bilan tanishib chiqishingiz kerak. Toptopdan foydalanishning bir necha sabablari bor:

  • Mahsulotlar haqida xaridorlarning sharhlari va narxlarni solishtirish imkoni. Bozorlarda uzoq vaqt yurishingiz va eng yaxshi taklifni izlashga to‘g‘ri kelmaydi, demak siz vaqt va kuch sarflamaysiz.
  • Mahsulot xususiyatlarining batafsil tavsifi. Bu texnik jihoz yoki bolalar o‘yinchog‘i bo‘ladimi, har qanday mahsulotni tanlashda muhim jihat hisoblanadi. Mahsulot haqida ma’lumot xaridorga o‘zi uchun eng yaxshi xaridni amalga oshirishga yordam beradi.
  • Xaridor o‘zi belgilaydigan ma’lum parametrlar bo‘yicha mahsulotlarni qidirish imkoni. Shu tarzda siz o‘zingizga mos keladigan narsani topishingiz mumkin.
  • Mahsulotning tashqi ko‘rinishini real ko‘rsatadigan yaqqol fotosuratlar mo‘ljallangan xaridning mosligini aniqlashga yordam beradi.

Saytda mahsulotlar ro‘yxati doimiy ravishda yangilab boriladi, shuningdek ularning narxlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Xaridorlar mahsulot va uning sifati haqida o‘zlarining haqiqiy fikrlarini bildirgan holda xaridlar haqida sharhlar qoldiradilar. Har kuni sayt foydalanuvchilar uchun qulay takliflarni tanlab beradi. Chegirmalar, arzon narxlarda sotish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va kredit xaridlariga oid barcha ma’lumotlarni Toptopda topish mumkin. Saytda siz turli xil oflayn va onlayn do‘konlardagi mahsulotlar narxlarini taqqoslashingiz, shundan keyin barcha sanab o‘tilgan sifatlarga aniq javob beradigan mahsulotni tanlashingiz mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahrida yetkazib beradigan ishlab chiqaruvchini topish ham mumkin. Ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilib, do‘konda yetkazib berish xizmati bor-yo‘qligini, tekin yoki pulli ekanligini bilib olsangiz bo‘ladi. Yetkazib berish muddati mijoz buyurtma bergandan so‘ng darhol telefon orqali kelishib olinadi.