ToshDAU Samarqand filiali aqlli qishloq xo‘jaligi sohasida koreyalik hamkorlar bilan kelishuv imzoladi
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori Sh.Hasanov Koreyaning Xalqaro o‘simlikchilik instituti prezidenti Yong Beom Lee va GS BiO kompaniyasi direktori Mi Kyung Kim bilan aqlli qishloq xo‘jaligi (smart farm)da o‘zaro uch tomonlama hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi.
Kelishuvga binoan tomonlarning manfaatlaridan kelib chiqib, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, aqlli qishloq xo‘jaligi (smart farm) sharoitida kartoshkaning elita urug‘lik tuganaklarini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda tomonlarning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, buyurtmalar va loyihaning muvaffaqiyatlari muhokama etildi.
Janubiy Koreyadan kelgan mehmonlar filialda kartoshka tuganaklarini yetishtirish uchun quriladigan in-vitro laboratoriyasi joyi va shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar Oqdaryo tumani Baraka massividagi “GS BiO -Samarkand” korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.