“Toshkent city” qurilishida halok bo‘lgan ishchining rafiqasiga kompensatsiya puli to‘lab berildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Toshkent siti” qurilishida, baxtsiz xodisa tufayli vafot etgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i ish beruvchi tomonidan kompensatsiya puli to‘lanmayotgani yuzasidan murojaat bilan chiqdi.
Aniqlanishicha, “Toshkent siti” qurilish majmuasi, 1-lot, birinchi sonli, 9 qavatli qurilish binosi yonidagi oqava suv uchun kollektor trubasi “TECHNO LOGISTIC CONSTRUCTION” MChJda 2019 yilning 25 avgust kuni B.A.Egamberdiyev bilan baxtsiz xodisa ro‘y bergan.
Mazkur holatni o‘rganish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori boshchiligida komissiya tuzilgan. O‘rganishlar fuqaro bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa ishlab chiqarish bilan bog‘liq, deb topilgan.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan vafot etgan fuqaroning yaqin qarindoshi – turmush o‘rtog‘iga kompensatsiya puli to‘lab berilgan.