Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor tayinlandi

Oliy Majlic Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ nashri ma’lum qildi.
Shu kungacha Hakimov deputatlik bilan birga Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, mazkur institut Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan tuzilgan va Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qo‘shma qarori bilan tashkil etilgandi. 2018 yilning 12 yanvar kuni Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti o‘z faoliyatini boshlagan va unga Rahimjon Hakimov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Toshkent davlat yuridik universitet rektori ayni paytda adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.