Toshkent viloyati bosh infeksionisti hibsga olingani bo‘yicha qisqacha ma’lumot berildi
- 10.09.2020 21:00
- 598
- Salomatlik
Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaning tergov uchun olib ketilganligi to‘g‘risida keng xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent viloyati IIBB ushbu xabar yuzasidan qisqacha ma’lumot berdi.
"Hurmatli yurtdoshlar, jurnalistlar, blogerlar, muxbir va boshqa OAV vakillari.
Mazkur holat prokuratura ish yurituvida bo‘lib, jarayonning borishi, ayblov turi yoki boshqa holatlarga oydinlik kiritish uchun ichki ishlar organlari xodimlariga murojaat qilish o‘rinli emas. Ularda siz so‘rayotgan ma’lumot mavjud bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati prokuraturasi va Bosh prokuratura qoshida axborot xizmatlari faoliyat yuritadi", deyilgan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa